Layfstayl

Mashhur film va seriallardagi tomoshabin payqamagan qo‘pol xatolar (foto)

**Mashhur filmlar va seriallardagi tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan xatolar (foto)**

Kino san’ati bizni shunchalik rom etadiki, ba’zan uni tomosha qilgach, bir necha kun davomida taassurotlar girdobida yuramiz. Biroq, filmlardagi dunyo qanchalik jozibali bo‘lmasin, ba’zan ssenariy mualliflarining e’tiborsizligi tufayli yuzaga kelgan qo‘pol xatolarni payqamaslikning iloji yo‘q.

**Qahramon to‘satdan yangi qobiliyatga ega bo‘ladi**

Foto: AdMe

“Uenzdey” serialining bosh qahramoni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligini, do‘stiga shahar telefonidan qo‘ng‘iroq qilishini va hatto yozuv mashinkasida yozishini ta’kidlaydi. Ammo birinchi mavsum yakunida qizga uyali telefon sovg‘a qilinadi va u undan hech qanday qiyinchiliksiz foydalana boshlaydi. Faraz qilaylik, u zamonaviy telefonlardan foydalanishni biladi, shunchaki ularni yoqtirmaydi. Lekin shunga qaramay, avvaliga texnikani o‘rganish kerak. Uenzdey esa telefondagi xabarlarni har kuni gadjetdan foydalanadigandek bemalol ko‘zdan kechiradi.

**Havo ventilyatsiyasi har doim toza bo‘ladi**

Foto: AdMe

Triller va jangovar filmlar qahramonlari ko‘pincha havo ventilyatsiyasi orqali o‘tishga majbur bo‘lishadi. Ko‘pincha bu bo‘shliqlar juda tor bo‘lib, personajlar ularga zo‘rg‘a sig‘adi. “Juda g‘alati ishlar” serialida bolalar ventilyatsiyaga qulay joylashadi, lekin ular ulkan parrakni o‘chirishlari kerak. Bu holat ancha real ko‘rinishi mumkin, shunga qaramay, kino ijodkorlari ba’zi detallarni hisobga olishmaydi: ventilyatsiyaning devor va pollari suratga olishdan oldin atayin yuvilgandek top-toza bo‘ladi.

**Antagonist, albatta, qutulib bo‘lmaydigan qamoqxonadan qochadi**

Foto: AdMe

Buni “Qo‘zilar sukunati”da ham, “Kung-fu panda”da ham ko‘rgansiz — yovuz odam qo‘li va oyog‘i zanjirband holda qamoqxonada o‘tiradi, lekin oxir-oqibat u qochib ketadi. “Uenzdey”da ham antagonistning taqdiri xuddi shunday bo‘ladi — na zanjirlar, na trankvilizatorlar yovuz odamni ushlab turolmadi.

**Maxfiy agent va josus ayollar doim poshnali tuflida yuradi**

Foto: AdMe

Jangchi qizlarning yoyilgan sochlari ham mayli, ammo liboslar bo‘yicha dizaynerlar qahramonlarni poshnada ko‘rishni yaxshi ko‘radi, shekilli, bunga misol “Charli farishtalari” filmi.

**Sayohatchilar yangi kiyimlarni qayerdan olisharkan?**

Foto: AdMe

“Sargardonlar” dramasi murakkab syujet va personajlari bilan yaxshi tanish. Ammo tomoshabinlar bir narsadan hayron bo‘lishadi: qahramon bunday chiroyli kiyimlarni qayerdan oladi? Uning qo‘lida faqat yelpig‘ich bor, xizmatkori esa faqat jangovar qamchi olib yuradi. Biroq deyarli har bir seriyada personajning kiyimi o‘zgaradi. Uni ekrandan tashqarida kiyim-kechakka to‘la zambil ko‘targan xizmatkorlar kuzatib borishsa kerak.

**Qahramonlar tishlarini tish pastasisiz yuvadi**

Foto: AdMe

“Qattiqqo‘l xonim” filmi Enn Heteueyning yangi kunga tayyorlanishi bilan boshlanadi. U tishlarini qanday yuvishini suratda ko‘rish mumkin. Ko‘pik qani? Aftidan, kinoijodkorlar kundalik odatni xunuk deb hisoblashadi, shuning uchun filmlarda ko‘pikni ko‘rmaymiz.

film mistakesmovie bloopersplot holescharacter inconsistenciesfilm clichéswednesday seriesmovie logicproduction errors