Markaziy bank, CAFA va ONESEC bank sektorida kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha yopiq seminar o‘tkazdi
Toshkentda Markaziy bank, CAFA va ONESEC hamkorligida moliya tashkilotlarining raqamli himoyasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Mutaxassislar zamonaviy tahdidlar va xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

Markaziy bank, CAFA va ONESEC kompaniyalari bank sohasidagi kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yopiq seminarni o‘tkazdi.
Joriy yilning 29-iyul kuni JW Marriott Tashkent mehmonxonasida Markaziy bank, Central Asian Fintech Association (CAFA) va ONESEC kompaniyasi hamkorligida "Bank sektorida kiberxavfsizlik: zamonaviy tahdidlar va amaliy yechimlar" mavzusida yopiq seminar tashkil etildi.
Ushbu tadbir banklar, moliyaviy tashkilotlar va fintex kompaniyalari rahbarlari hamda mutaxassislarini bir joyga to‘plab, dolzarb kiberxavflar, regulyator talablari va moliya sektorining kibermustahkamligini oshirish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.
Seminarning asosiy mavzulari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki va professional tajriba almashgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Tadbirning muhim jihatlaridan biri ochiq muloqot bo‘lib, unda ishtirokchilar dolzarb muammolarni muhokama qilish, ekspertlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va moliya sektorining kibermustahkamligini ta’minlash bo‘yicha amaliy fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday uchrashuvlar professional hamjamiyatni rivojlantirish va bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Reklama huquqlari asosida.

