“Manchester Siti” Rodriga oʻrinbosar topib qoʻydi

“Manchester Siti” Rodri ketganidan keyin uning oʻrniga yangi futbolchi topdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga koʻra, “Manchester Siti” jamoani tark etish arafasida turgan yarim himoyachi Rodri oʻrniga boshqa futbolchi topdi.
Manbaga koʻra, “Lill” yarim himoyachisi Ayub Buaddi “Siti”ga oʻtishga yaqin turibdi. Klub va futbolchi 2031-yilning yozigacha amal qiladigan shartnoma boʻyicha kelishuvga erishgan.
Avvalroq, fransuz klubi 18 yoshli futbolchining transferi uchun 100 million yevro talab qilayotgani xabar qilingan edi.
Oʻtgan mavsumda Buaddi klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 42 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Lill” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi.
Transfermarkt portalidagi maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi. 18 yoshli marokashlik futbolchi 2026-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa safida beshta oʻyinda maydonga tushgan.

