"Manchester Siti" Pedro Netu uchun taklif tayyorlamoqda, "Chelsi" futbolchini 70 millionga baholayapti

"Manchester Siti" "Chelsi"ning qanot hujumchisi Pedro Netu uchun taklif tayyorlamoqda. "The Sun" nashrining xabar berishicha, London klubi 26 yoshli futbolchining ehtimoliy transferini 70 million funt sterling (82 million yevro) deb baholamoqda.
Manbaga ko'ra, "Siti" portugaliyalik futbolchi uchun "Milan" bilan raqobatlashmoqda. Italiya klubi Netuni jamoada kelajagi noaniq bo'lgan hujumchi Rafael Leaoning o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rmoqda. "Manchester Siti" esa murabbiy Enzo Mareskaning u bilan ishlash istagi tufayli "Chelsi" futbolchisiga bo'lgan qiziqishini kuchaytirgan. Netu italiyalik murabbiy qo'l ostida "ko'klar" safida to'p surgan.
O'tgan mavsumda Netu barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilning yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

