Maktablardagi "Kelajak soati" dasturi davlat organlari ishtirokida yangilanadi

"Kelajak soati"ning yangilangan mazmunini ishlab chiqishda oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish, huquqiy, moliyaviy va raqamli savodхonligini oshirish, ekologik tarbiya va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Maktablardagi "Kelajak soati" dasturi davlat organlari ishtirokida yangilanadi

Oliy Majlis Senati Kengashi 2026 yil 6 iyulda "Umumta’lim maktablarida oʻqitiladigan "Kelajak soati" mashgʻulotlari oʻquv dasturini takomillashtirishda davlat organlari va tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-368-V-son qarorni qabul qildi.

Ushbu qarorning maqsadi – umumta’lim maktablarida oʻqitiladigan "Kelajak soati" darslarining mazmunini boyitish, oʻquvchilarda huquqiy, ma’naviy, moliyaviy, ekologik va raqamli madaniyatni shakllantirishdir.

Oʻquv dasturini takomillashtirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlari ishtirok etadi. Hujjat bilan oʻquv dasturini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish uchun ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

"Kelajak soati" oʻquv dasturini takomillashtirish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

• huquqiy, moliyaviy va raqamli savodxonlikni oshirish;

• sogʻlom turmush tarzi, ekologik madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirish;

• ma’naviy-axloqiy tarbiyani mustahkamlash va boshqa yoʻnalishlar.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2026 yil 6 iyuldan kuchga kirdi.

kelajak soatioliy majlisumumta'limo'quv dasturihuquqiy savodxonlikekologik madaniyatma'naviy tarbiyadavlat organlari