Iqtisodiyot

Majburiy ijro tizimida 36,3 trillion so‘m undirildi

Joriy yilning o‘tgan davrida Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshirilgan undiruvlar o‘tgan yilga nisbatan 10,7

Majburiy ijro tizimida 36,3 trillion so‘m undirildi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) organlari tomonidan 2026-yilning o‘tgan davrida jami 36,3 trillion so‘mlik undiruv ta’minlandi. Bu haqda Byuro Axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, undirilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,7 trillion so‘mga ko‘paygan. Mablag‘larning 25,6 trillion so‘mi davlat foydasiga, 9,7 trillion so‘mi tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar foydasiga undirilgan. Fuqarolar manfaati uchun esa 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Shuningdek, 1,3 millionta ijro hujjati axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida soddalashtirilgan tartibda ijro etilgan.

Xususan, hisobot davrida 2 trillion so‘mlik aliment mablag‘lari undirilgan. Aliment to‘lovlari jamg‘armasi hisobidan 346 nafar fuqaroga jami 18,6 milliard so‘m to‘lab berilgan.

Manzilli ishlar natijasida aliment to‘lashi lozim bo‘lgan va ishsiz yurgan 13,4 ming nafar fuqaroning ishga joylashishiga ko‘maklashilgan. Shuningdek, 7,1 mingdan ortiq oila yarashtirilgan.

Noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan 344 nafar fuqaro avvalgi ish joyiga tiklangan. Ular foydasiga 15,2 milliard so‘mlik ish haqi va boshqa to‘lovlar undirib berilgan.

employmentlegal enforcementdebt collectionenforcement bureaualimonypublic fundsrestitutionfinancial recovery