Mahalliy

Kia K3 endi yillik stavkasi 0% dan boshlab: muddatli to‘lov asosida 18 oygacha to‘lash bo‘yicha uzoq kutilgan dastur

Yangi Kia K3 avtomobilini uzoq vaqtdan beri ko‘zlab yurganlar uchun ajoyib xushxabar. Kia Uzbekistan muddatli to‘lov asosida to‘lash bo‘yicha uzoq kutilgan dasturning ishga tushirilganini e’lon qiladi. Endi zamonaviy sedanni 0% yillik stavkasi bilan 18 oygacha bo‘lgan muddatga xarid qilish mumkin.

Kia K3 avtomobilini xarid qilish endi yanada qulaylashdi: Kia Uzbekistan 18 oygacha muddatga, yillik 0% stavka bilan to‘lash imkonini beruvchi yangi moliyalashtirish dasturini ishga tushirdi.

Kia Uzbekistan zamonaviy Kia K3 avtomobiliga egalik qilishni osonlashtirish maqsadida moliyalashtirish dasturini yangiladi. Ushbu yangi dastur xaridorlarga o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, boshlang‘ich to‘lov miqdori va moliyalashtirish muddatini tanlash imkoniyatini beradi. Avtomobil narxining 50% va undan ko‘proq qismini to‘laydigan mijozlar uchun yillik 0% stavkali dasturlar mavjud.

Boshlang‘ich to‘lovni kamroq miqdorda amalga oshirishni istaganlar uchun Kia Uzbekistan hamkor-bank bilan birgalikda 60 oygacha muddatga kredit dasturlarini taklif etadi.

Avtomobil sug‘urtasini rasmiylashtirish majburiy shart bo‘lib, sug‘urta shartlari bank tomonidan belgilanadi.

Kia K3 O‘zbekistondagi brendning eng diqqatga sazovor yangiliklaridan biridir. Uning zamonaviy dizayni, puxta o‘ylangan ergonomikasi, yuqori darajadagi jihozlanishi va ilg‘or texnologiyalari uni kundalik foydalanish uchun qulay avtomobil izlayotganlar uchun jozibador tanlovga aylantirgan. Endi bu afzalliklarga Kia K3'ni yanada qulay shartlar asosida xarid qilish imkoniyati ham qo‘shildi.

Batafsil ma’lumot olish, oylik to‘lovni hisoblash va dasturning barcha shartlari bilan tanishish uchun O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab joylashgan Kia rasmiy dilerlik markazlariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Telefon:

(+998) 55−500−83−33

Sayt:

kia.uz

Facebook:

fb.com/KiaUzbekistan

Instagram:

@kia__uzbekistan

Telegram:

t.me/kiauzbekistanbot

YouTube:

@kiauzbekistan

Reklama huquqlari asosida.

uzbekistaninstallment plankia kcar financing% interestcar loancar salesautomotive news