Sport

Kannavaro: “Balki, terma jamoa ichida ‘kalamush’ bordir?!”

Kannavaro: "Terma jamoa ichida 'kalamush' bo'lishi mumkinmi?!"

Bugun, 5-avgust kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O'FA) majlislar zalida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.

Tadbir davomida italiyalik mutaxassis milliy jamoa atrofida tarqalgan turli asossiz va yolg'on xabarlarga alohida e'tibor qaratib, bu holatga o'z noroziligini bildirdi. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa ichidagi ma'lumotlarni noto'g'ri talqin qilib, tashqariga chiqarayotgan shaxslar mavjud:

"Kimdir juda ko'p yolg'on ma'lumot tarqatgan. Balki bunga mening xorijlik murabbiy ekanim sababdir. Biz amal qilgan qoidalarni men o'ylab topmaganman, bu — Yevropa standarti. Nima sababdan bunday yolg'on ma'lumotlarni tarqatishganini ochig'i tushunmadim.

Mendan avvalgi murabbiy mahalliy, ajoyib mutaxassis bo'lgan va yaxshi natijalarga ham erishgan. Lekin bu meni asossiz tanqid qilishga sabab bo'la olmaydi. Bu masalaga aniqlik kiritib o'tmasam bo'lmasdi. Terma jamoa ichida qandaydir 'kalamush' borligi sababli ham shunday noto'g'ri ma'lumotlar ko'payib ketdi", dedi Kannavaro.

Shuningdek, bosh murabbiy bo'lajak Osiyo Kubogi musobaqasidan oldin terma jamoa tarkibida qanday o'zgarishlar bo'lishiga oydinlik kiritdi hamda yosh futbolchilarga ko'proq imkoniyat berilishini ta'kidladi:

"Osiyo Kubogidan oldin tarkibda albatta o'zgarishlar bo'ladi. Biz endi yoshlarni ko'proq jalb etamiz. Behruz Karimov masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, uni Kolumbiyaga qarshi o'yinda maydonga tushirganimda, ko'pchilik buni katta tavakkal deb atagan edi. Men esa yoshlarga ishonch bildirishda davom etaman".

press conferencebehruz karimovuzbekistan national football teamfabio cannavaroasian cupfalse informationteam leaksyouth players