Mahalliy

Jizzaxda 21 yoshli bloger qiz YTHda vafot etdi

Hodisa 4-avgustdan 5-avgustga o‘tar kechasi yarim tunda Jizzax shahrida sodir bo‘lgan: bloger Orzigul Urazmatova boshqaruvidagi Lacetti yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan. Bloger rulda video olishga chalg‘ib, boshqaruvni yo‘qotgani aytilmoqda.

Jizzaxda 21 yoshli bloger qiz avtohalokatda hayotdan ko‘z yumdi.

Jizzaxlik bloger Orzigul Urazmatova yo‘l-transport hodisasiga uchrab vafot etdi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, avtohalokat 4-avgustdan 5-avgustga o‘tar kechasi yarim tunda Jizzax shahrida sodir bo‘lgan. Orzigul Urazmatova boshqaruvidagi Lacetti avtomobili yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bloger rulda video olishga chalg‘igan va boshqaruvni yo‘qotgan.

YTH natijasida Orzigul Urazmatova og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u vafot etgan.

Orzigul Urazmatova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mashina boshqaruvi paytida tasvirga olingan video lavhalarni e’lon qilib kelgan.

“Jizzax shahri markaziy ko‘chalarida tungi paytlarda poygalar uyushtirilayotgani bir necha bor tanqid qilindi. Ammo bunday poygalar hamon to‘xtamayapti. Ularning ayrimlari ayanchli yakunlanmoqda”, deydi Kun.uz manbasi.

Jizzax markazida yo‘l bezorilari: Ular kimning erkatoyi?

lacettiblogerjizzaxavtohalokatythyo'l harakati xavfsizligiorzigul urazmatovapoyga