Mahalliy

Jizzax viloyatida Qo'shma Shtatlarga yuk tashishga xizmat ko'rsatish bo'yicha BPO loyihasi ishga tushirildi

Jizzax viloyatida IT Park Uzbekistan rezidenti — "DMGB LOG SERVICE" kompaniyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Jizzax viloyatida AQShga yuk tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi BPO loyihasi ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jizzax viloyatida IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lgan "DMGB LOG SERVICE" kompaniyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Ozod Bobomurodov, IT Park Uzbekistan eksportni rivojlantirish direktori Jahongir Kagirov, Raqamli texnologiyalar vazirligining Jizzax viloyati hududiy bo‘limi rahbari Mahmud G‘iyosov hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

"DMGB LOG SERVICE" kompaniyasi Business Process Outsourcing (BPO) yo‘nalishida faoliyat yuritib, Amerika Qo‘shma Shtatlari hududida shtatlararo yuk tashish jarayonlarini muvofiqlashtirish va boshqarish bo‘yicha dispetcherlik xizmatlarini taqdim etadi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga kompaniyaning faoliyati, biznes jarayonlari va xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari haqida ma’lumot berildi.

Hozirda korxonada 26 nafar mutaxassis ishlamoqda. Kelajakda kompaniya jamoasini 100 nafargacha kengaytirish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Jizzax viloyatida BPO xizmatlari eksportini rivojlantirish, yangi yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish va yoshlarni xalqaro xizmatlar bozoriga jalb etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

logisticsjizzaxdigital technologiesit park uzbekistanjob creationbpodmgb log serviceus freight