Janubiy Koreya prezidenti yagona uyini sotib yubordi
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon o‘zining yagona kvartirasini sotib yubordi. The Korea Herald nashrining xabar berishicha, u hukumatning ko‘chmas mulk bozorini barqarorlashtirish kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash uchun uni sotishga qaror qildi. «Mening endi uyim yo‘q», dedi siyosatchi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida. Prezident devoni dastlabki...

Janubiy Koreya prezidenti yagona uyini sotdi
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon o‘zining yagona kvartirasini sotishga qaror qildi.
Korea Herald nashrining ma'lum qilishicha, u hukumatning ko‘chmas mulk bozorini barqarorlashtirishga qaratilgan kampaniyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bu qarorni qabul qilgan.
«Mening endi uyim yo‘q», dedi siyosatchi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida.
Prezident devoni dastlabki savdo shartnomasi imzolanganini va bitim yaqin orada yakunlanishini tasdiqladi. Prezident kvartiraga birinchi xonim Kim Xe Kyon bilan birgalikda egalik qilgan. Er-xotin hozirda Seulning Xannamdon tumanidagi rasmiy qarorgohda yashamoqda.
Prezident Seul yaqinidagi hashamatli Sonnam tumanida joylashgan mulkni fevral oyida sotuvga qo‘ygan. Siyosatchi ko‘chmas mulk bozoridagi spekulyatsiya va uy narxlarining tez o‘sishiga qarshi kurashish maqsadida Janubiy Koreyaning soliq va moliyaviy siyosatini qayta ko‘rib chiqish rejasini e’lon qildi.

