Iqtisodiyot
Jahon banki O'zbekistonda logistika sohasini modernizatsiya qilishga chaqirdi.
Jahon banki Oʻzbekistonga 1 milliard dollardan ortiq xususiy investitsiyalarni jalb qilish va taxminan 110 ming ish oʻrni yaratish uchun logistika sohasini isloh qilishni tavsiya qildi.

Jahon banki Oʻzbekistonni logistika sektorini har tomonlama modernizatsiya qilishga chaqirdi. Tashkilotning taʼkidlashicha, ushbu chora transport xarajatlarini kamaytirishga va taqchillikni bartaraf etishga yordam beradi.

