Layfstayl

Jahon adabiyoti: har bir inson hayotida kamida bir marta o‘qishi shart bo‘lgan 20 ta kitob

Jahon adabiyoti: Har bir inson hayotida kamida bir marta o‘qishi shart bo‘lgan 20 ta kitob

Jahon adabiyotini shakllantirgan va o‘nlab, hatto yuzlab yillar o‘tsa-da, millionlab kitobxonlarni ilhomlantirishda davom etayotgan asarlar mavjud. Ushbu ro‘yxatda umrboqiy klassikadan tortib, XX asrning kult romanlarigacha bo‘lgan 20 ta kitob jamlangan.

**“Ilohiy komediya” – Dante Aligyeri**

Jahon adabiyotining shoh asarlaridan biriga aylangan ushbu doston, Do‘zax, A’rof va Jannat bo‘ylab sayohatni inson tabiati haqidagi falsafiy mushohadaga aylantirgan.

**“Hamlet” – Uilyam Shekspir**

Qasos, hokimiyat, xiyonat va “yashashmi yo o‘lim?” degan abadiy savol haqidagi mashhur fojia.

**“Faust” – Iogann Volfgang Gyote**

Bilimga erishish va istaklarini ro‘yobga chiqarish uchun iblis bilan til biriktirgan olimning qissasi. Yevropa adabiyotining eng muhim falsafiy asarlaridan biri.

**“Xo‘rlanganlar” – Viktor Gyugo**

Mehr-shafqat, adolat va yangi hayot huquqi uchun kurash haqidagi epik roman.

**“Katta umidlar” – Charlz Dikkens**

Jamiyatda o‘z o‘rnini topishga va baxtning asl mohiyatini anglashga intilayotgan Pip ismli yigitning ulg‘ayish hikoyasi.

**“Otalar va bolalar” – Ivan Turgenev**

Avlodlar ziddiyati, yangi g‘oyalar va dunyoqarashlar to‘qnashuvi haqidagi klassik roman.

**“Jeyn Eyr” — Sharlotta Bronte**

Sinovlarni boshdan kechirar ekan, o‘z qadr-qimmati va mustaqilligini saqlab qolgan kuchli ayol haqidagi hikoya.

**“Jarayon” — Frans Kafka**

Hech qanday sababsiz kutilmaganda ayblanuvchiga aylanib qolgan inson haqidagi XX asrning eng sirli romanlaridan biri.

**“Buyuk Getsbi” — Frensis Skott Fitsjerald**

Jazz davridagi Amerika orzusi, boylik, sevgi va umidsizlik haqidagi roman.

**“Chol va dengiz” — Ernest Heminguey**

Hemingueyga Pulitser va Nobel mukofotlarini keltirgan qissa. Asar markazida kubalik keksa baliqchi turadi. U ochiq okeanda ulkan marlin balig‘i, so‘ngra akulalar bilan uzoq va mashaqqatli kurash olib borib, inson ruhiyati va matonatini namoyon etadi.

**“Kakku uyasi uzra parvoz” — Ken Kizi**

Zamonaviy klassikaga aylangan, shaxs erkinligi va tizimga qarshi kurash haqidagi roman.

**“Javdarzordagi xaloskor” — Jerom Selinjer**

Ikkiyuzlamachilik va tushunmovchilikka to‘la kattalar dunyosida o‘z o‘rnini topishga urinayotgan o‘smirning hikoyasi.

**“Begona” — Alber Kamyu**

Mavjudlikning bema’niligini (absurdligini) va insonning hayotga munosabatini tadqiq etuvchi falsafiy roman.

**“Biz” — Yevgeniy Zamyatin**

Ushbu janrning ko‘plab mualliflarini ilhomlantirgan va shaxs erkinligi mavzusini ko‘targan roman-antiutopiya.

**“Pashshalar hukmdori” — Uilyam Golding**

Kimsasiz orolga tushib qolgan bir guruh bolalar hikoyasi inson tabiatining tadqiqiga aylanib boradi.

**“Solyaris” — Stanislav Lem**

Insonning aql bovar qilmas zakovat bilan aloqasi hamda bilish chegaralari haqidagi falsafiy-ilmiy fantastika.

**“Ifor” — Patrik Zyuskind**

Noyob hid bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan va mukammal atir yaratish ishtiyoqiga berilgan inson haqidagi g‘ayrioddiy roman.

**“Kitob o‘qib beruvchi” — Bernhard Shlink**

Kishini shaxsiy mas’uliyat va tarixiy hodisalar oqibatlari haqida o‘ylashga undaydigan sevgi, aybdorlik va xotira haqidagi qissa.

jahon adabiyotikitoblarklassik asarlarromanlartavsiya etilgan kitoblarfalsafiy asarlaradabiy ro'yxateng yaxshi kitoblar