Layfstayl

“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidagi Marfa Vasilyevna rolini ijro etgan aktrisaning taqdiri qanday kechdi?

"Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi" filmidagi Marfa Vasilyevna obrazi bilan tanilgan aktrisa Nina Maslovaning hayoti qanday kechdi?

Rus aktrisasi Nina Maslova tomoshabinlarga mashhur filmlardagi epizodik rollari bilan yaxshi tanish. O‘tkir nigohli, qiya burunli bu aktrisa har qanday go‘zallikni gavdalantira olardi. U ayniqsa, "Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi" filmidagi malika Marfa Vasilyevna roli bilan muxlislarining yodida qolgan.

Mashhur rejissor Leonid Gayday qizga e’tibor qaratishidan ancha oldin, uning hayoti ertakdan yiroq edi. Bo‘lajak aktrisa 11 yoshida onasi bilan ziddiyatli munosabatlari tufayli alkogol ichimliklarini iste’mol qilishni boshlagan va ko‘p yillar davomida ularga qaram bo‘lib qolgan. Biroq, aktrisa katta ekranlarga chiqib, taqdirini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirda Nina Maslova 79 yoshda va o‘ziga bo‘lgan ishonchi tufayli alkogol ichimliklarini iste’mol qilishni to‘xtatgan. U hayoti davomida oilaviy baxtni topa olmadi. Farzandsiz va yolg‘iz aktrisa faqatgina vaqti-vaqti bilan rus kinosi haqidagi teleko‘rsatuvlarda ko‘rinish beradi.

Ma’lumot uchun, Nina Maslova 1946-yil 27-noyabrda Latviyaning Riga shahrida tug‘ilgan. Onasi ajrashganidan so‘ng o‘gay otasi bilan qolgan, u bilan yaxshi munosabatda bo‘lmagan Nina bolaligini qiyinchilikda o‘tkazgan. U 1964-1965 yillarda Moskva irrigatsiya institutida tahsil olgan. Muhandislik kasbi unga to‘g‘ri kelmasligini tushungan aktrisa o‘qishini teatr universitetiga ko‘chiradi.

Shundan so‘ng Nina 1965-yildan 1967-yilgacha Moskva badiiy teatr maktabida tahsil oladi. Aktrisa "Katta o‘zgarish" (qiziquvchan talaba Viktoriya Ivanovna Korovyanskaya roli) va "Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi" (qirolicha Marfa Vasilyevna obrazi) kinokartinalaridagi rollari bilan tomoshabinlarning qalbidan joy olgan.

theaterbiographynina maslovarussian actressivan vasilyevich changes professionfilmcareerpersonal life