Islomiy investitsiya – u nima? Har bir inson investor bo‘la oladimi?.
O‘zbekistonga islomiy investitsiyalarni olib kelish umidida yurgan insonlar bor. Bunday investitsiya uchun mamlakatda shart-sharoit yaratilayotgani ularni ruhlantirgan. Shu bilan birga, milliardlarni jalb qilishimiz uchun hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor, deydi ular..

Islomiy investitsiya – bu nima? Har bir inson investor bo‘lishi mumkinmi?
O‘zbekistonga islomiy investitsiyalarni jalb qilish umidida bo‘lganlar mavjud. Mamlakatda bunday investitsiyalar uchun shart-sharoitlar yaratilayotgani ularni ruhlantirmoqda. Biroq, milliardlarni jalb qilish uchun hali ko‘plab ishlar amalga oshirilishi kerak, deydi ular.
Al-Azhar universiteti doktoranti Mahmud Usmon va Qatardagi Lesha Bank investitsion banki katta vitse-prezidenti Habibullo Ibragimov Kun.uz'ga bergan intervyusida islomiy investitsiyalar haqida oddiy tilda ma'lumot berishdi.
Mahmud Usmon: Sarmoya va sarmoyaga oid mahsulotlar islom moliyasining eng chiroyli mahsulotlari hisoblanadi. Masalan, bir kishi chet el bankidan kredit olib keldi. “Men investitsiya olib keldim falon davlatdan” deydi. Lekin bu kredit, investitsiya emas. Chunki bu kredit, u sizga shartlari bilan berilgan, 100% qaytarilishi kerak. Investitsiya esa – bu sheriklik, go‘zal mahsulot.
O‘zbekistonda investitsiya jalb qilish mumkin, shuningdek, tashqaridan ham investitsiya jalb qilish mumkin. Islomiy banklar faoliyatini boshlagandan so‘ng, tashqaridagi islomiy banklar bilan aloqalar o‘rnatilib, ularning ishonchini qozonishsa, O‘zbekistondagi bizneslarga pul kiritish: murobaha yoki musharaka shaklida, pul kiritish bo‘yicha shartnomalarga erishish mumkin. Bu tashqaridan kirishi mumkin bo‘lgan bir investitsiya turi.
Bu borada harakatlar va urinishlar mavjud, turli bizneslar tomonidan. Biz Habibulloh aka bilan Qatarda edik, u yerda harakat qilish bo‘yicha ba'zi uchrashuvlar bo‘ldi.
Ikkinchi yo‘nalish, bu – O‘zbekistondagi pullarni investitsiyaga aylantirish. Ya'ni, O‘zbekistondagi odamlarning yostiqlari ostida turgan pullarini investitsiyaga aylantirish. O‘zbekiston bizneslarining ehtiyojini qondira oladigan ko‘plab pullar mavjud, deydi mutaxassislar. O‘sha pullarni investitsiya sifatida bizneslarga jalb qila olsak, katta g‘alaba bo‘lardi. Ichki investitsiyalar qanday amalga oshadi?
Masalan, boy odam, xos investor bo‘lishi mumkin. 100 ming, 200 ming, 500 ming dollar yoki million dollar puli bor odam. Yoki oddiy o‘qituvchi, doktor. Oyligidan 20%, 10% o‘z xarajatlaridan tejab, investitsiya qilishni xohlashi mumkin. Mana shu pulni olib, bir biznesdan ulush sotib olishi, tushadigan daromadlarga sherik bo‘lishi, shu biznesning o‘sishidan, kapitalizatsiyasi o‘sishidan manfaatlanishi mumkin. Kapitalni birga o‘stirish bu. Bu ichki investitsiyaning bir chiroyli ko‘rinishi.
Shokir Sharipov: Ya'ni, G‘arb olami aynan investitsiya instituti evaziga rivojlanmoqda, biz esa hozir to‘xtab turibmiz, chunki islomiy shakli yo‘q, cheklovlar bor, men misol uchun foiz bo‘layotgan joyga ishtirok etishni xohlamayman, siz ham xohlamaysiz, natijada iqtisodiyot qafas ichida turgandek, shunaqami?
Habibullo Ibragimov: To‘g‘ri. Masalan, ikkita narsaga men ulagan bo‘lardim. Birinchidan, islomiy moliya. Islomiy moliyada, taxminlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 10-20 milliard dollar pul bor. Katta pul bor, lekin hali sistemaga kirib kelmagan. Islomiy moliya ochilishi bilan, shu pullar sistemaga kirib kelgandan so‘ng, banklarning qo‘lida ko‘proq pul paydo bo‘ladi va bozordagi kredit ajratish yoki moliyalashtirish stavkalari ham ancha tushadi. 2030-yilgacha qayta moliyalash stavkasini 5% ga tushirish rejalashtirilgan

