Layfstayl

Intriga borasida “Muhtasham yuz yil”dan qolishmaydi: eng ko‘p tomosha qilinayotgan 3 ta turk seriali

**"Muhtasham yuz yil"dan qolishmaydigan intrigalar: Eng ko‘p ko‘rilayotgan 3 ta turk seriali**

Turkiyada seriallar doimiy ravishda suratga olinishiga qaramay, ularning barchasi ham tomoshabinlar e’tiborini qozona olmaydi. Biroq, so‘nggi mavsumda uchta loyiha muxlislar orasida eng ko‘p muhokama qilinayotgan seriallar qatoridan joy oldi.

**"Bu dengiz to‘ladi"**

2025-yil oktabr oyida namoyish etila boshlagan ushbu serial qisqa muddatda reytinglarda yetakchiga aylandi. Tomoshabinlar, asosan, go‘zal suratga olish joylari, keskin syujet va kutilmagan voqealarga boy hikoyani yuqori baholamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Eleni obrazini ijro etgan Ava Yaman ko‘plab tanqidlarga uchramoqda. Ammo muxlislarning fikricha, bu serialning mashhurligidan dalolat beradi. Tomoshabinlar tomonidan qayd etilayotgan asosiy kamchilik esa o‘tmish sirlarining juda sekin ochib borilayotganidir.

**"Olis shahar"**

Serialning ikkinchi mavsumi ko‘plab muxlislarni hafsalasini pir qildi va birinchi mavsum darajasiga chiqa olmadi. Shunga qaramay, ijodkorlarning uni uchinchi mavsumga uzaytirish qarori tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.

Yangi mavsum syujetida keskin burilishlar ko‘p: Boran hayotga qaytadi, Maryam yana Midyatga keladi va o‘z sirlarini yashiradi, Zerrin qizi haqidagi haqiqatni Kayadan berkitadi, Sado va Ejmel o‘rtasidagi adovat esa davom etadi.

Avvallari tomoshabinlar aktyorlar ijrosi va intrigalarga yuqori baho bergan bo‘lsa, hozir ular syujetning sustlashgani, ortiqcha qahramonlar paydo bo‘lgani hamda ayrim obrazlar hikoyasiga yetarlicha e’tibor qaratilmayotganidan shikoyat qilmoqda. Shunga qaramay, serial hanuz katta qiziqish bilan tomosha qilinmoqda.

**"Sen men sevgan odamsan"**

Ushbu loyiha ham mavsumning eng muvaffaqiyatli seriallaridan biriga aylandi. Uning reytinglari tobora oshib bormoqda.

Tomoshabinlar serialning ko‘p qatlamli syujeti, unda ko‘tarilgan ijtimoiy mavzular, aktyorlarning ishonarli ijrosi va voqealar rivojining dinamikasini alohida e’tirof etmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi mavsum 15-qism bilan yakunlanadi. Serial kuz faslida yangi mavsum bilan ekranlarga qaytishi kutilmoqda. Hozircha loyiha jiddiy tanqidlarga uchramagan bo‘lsa-da, ayrim tomoshabinlar aktyorlarning ijrosi yuzasidan e’tiroz bildirmoqda.

entertainmenttv show ratings"bu dengiz to‘ladi""olis shahar""sen men sevgan odamsan"tv series reviewsturkish tv series