Sport

Ilgiz Tantashev Jahon chempionati hakamlari top-10ligiga kirdi

O‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining eng yaxshi 10 hakami qatorida qayd etildi.

Ilgiz Tantashev Jahon chempionatining eng yaxshi hakamlari o‘ntaligidan joy oldi.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashevni 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining eng yaxshi o‘n nafar hakami ro‘yxatiga kiritdi.

Eʼlon qilingan reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Jahon chempionati o‘yinlarida ishlagan hakamlar orasida 10-o‘rinni egalladi.

Reytingni tuzishda IFFHS hakamlarning turnirning guruh bosqichidagi hamda pley-off uchrashuvlaridagi faoliyatini hisobga oldi.

Jahon chempionatida Ilgiz Tantashev guruh bosqichi va pley-off o‘yinlarida hakamlik qildi. U Osiyo hakamlari orasida eng yuqori baholangan vakillardan biriga aylandi.

uzbekistanilgiz tantashevworld cupfootballiffhsrefereesports rankingtop