Dunyo

Ho‘rmuzni talashayotgan AQSh va Eron, Rossiyaga qarshi antiballistik koalitsiya – kun dayjesti.

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz..

Ho‘rmuzni talashayotgan AQSh va Eron, Rossiyaga qarshi antiballistik koalitsiya – kun dayjesti.

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng muhim voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

Xalqaro tan olingan Yaman hukumatining kuchlari 13 iyul kuni Sano aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagini bombardimon qilib, Erondan husiylar delegatsiyasini olib kelayotgan samolyotning qo‘nishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildi.

Yaman mudofaa vaziri avvalroq hukumat kuchlari havo hududini buzgan har qanday «dushman samolyotiga barcha mavjud vositalar bilan» javob berishini ta’kidlagan edi.

«Husiy guruhlari Yaman milliy samolyotlarining poytaxt Sano aeroportiga qo‘nishiga to‘sqinlik qildi. Shuningdek, Eron samolyotining Yaman havo hududini buzib kirishini talab qildi. Shuning uchun aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi nishonga olindi», deyiladi hukumatning dushanba kunidagi bayonotida.

Zarbalarga qaramay, kun oxiriga kelib Tehrondan husiylar delegatsiyasini olib qaytayotgan samolyot Hudaydaga qo‘ndi.

Sano aeroportiga berilgan zarbalardan keyin husiylar hujumda Saudiya Arabistonini aybladi va bunga munosib javob qaytarishlarini bildirdi. Eron ham ushbu zarbalarni qoraladi. Saudiya Arabistoni rasmiylari esa hech qanday munosabat bildirmadi.

Shundan so‘ng, dushanba kuni kechqurun Yamandagi Saudiya boshchiligidagi kuchlar husiylar tomonidan otilgan ballistik raketalarni tutib qolganini ma’lum qildi.

Husiylar esa Saudiya Arabistoni janubidagi Abha xalqaro aeroportini nishonga olib, ballistik raketalar va dronlar yordamida harbiy operatsiya o‘tkazganini e’lon qildi. Hozircha Saudiyadagi aeroportga yetkazilgan zarar bo‘yicha tasdiqlangan ma’lumotlar yo‘q.

Abha mintaqasi – Saudiya Arabistoni janubidagi tog‘li va Yaman bilan chegaradosh bo‘lgan, saudiyaliklar yozgi issiqdan qochish uchun boradigan hudud hisoblanadi.

Husiylar harbiy matbuot kotibi Yahyo Sariy barcha aviakompaniyalarni Saudiya Arabistoni havo hududi uzra uchmaslikdan ogohlantirdi.

Ushbu hujumlar 2022 yildagi norasmiy sulhdan keyin qirollikka qarshi amalga oshirilgan birinchi rasmiy tasdiqlangan hujum bo‘ldi va mintaqada keskinlikni oshirmoqda.

AQSh harbiylari dushanba kuni tunda prezident Tramp ko‘rsatmasi bilan Eronga qarshi ketma-ket uchinchi kecha havo zarbalari berdi. Markaziy qo‘mondonlik ma’lumotiga ko‘ra, 12 iyul kuni Bandar-Abbosdagi dengiz bazasiga qilingan hujumda ilk bor uchta uchuvchisiz dengiz droni ishlatilgan. Bu AQSh armiyasi tarixida dengiz dronlari qo‘llangan birinchi hujum operatsiyasi sifatida qayd etildi.

Avvalroq AQSh yetakchisi Eron «juda qattiq zarbaga uchrashi» hamda uning blokadasi tiklanishini aytgandi.

«Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiq, Eron bilan yoki Eronsiz ham ochiq bo‘lib qoladi. Biz ERON BLOKADASINI qayta tiklayapmiz. AQSh bundan buyon 'Ho‘rmuz bo‘g‘ozining qo‘riqchisiʼ sifatida tan olinadi. Biroq adolat yuzasidan barcha tashilayotgan yuklar qiymatining 20 foizi miqdorida kompensatsiya oladi», deb yozdi Tramp dushanba kuni.

AQSh harbiy-dengiz kuchlariga ko‘ra, blokada seshanba kuni Grinvich vaqti bilan soat 20:00 da kuchga kiradi va bayrog‘idan qat’i nazar, barcha kemalar harakatiga taalluqli bo‘ladi. Bu chora butun Eron qirg‘oqlarini qamrab ol

g‘azoyamanhusiylaryevropaissiqlik to‘lqiniballistik raketalareronaqsh