Hindistonda aktivist ochlik e’lon qilganiga 17 kun bo‘ldi. U ta’lim vazirining iste’fosini talab qilmoqda

Hindistonda aktivist ochlik e’lon qilganiga 17 kun bo‘ldi. U ta’lim vazirining iste’fosini talab qilmoqda
Hindistonlik taniqli jamoat faoli Sonam Vangchuk Dehli markazida ochlik e’lon qilganiga 17 kun bo‘ldi. Uning sog‘lig‘i tobora yomonlashmoqda. Faol mamlakat ta’lim vaziri Dharmendra Pradhanning iste’fosini talab qilmoqda. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Vangchuk may oyida yuz bergan imtihon savollari sizib chiqishi mojarosiga qarshi norozilik bildirayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ushbu mojaro millionlab talabalarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Bu namoyish bosh vazir Narendra Modi hukumatiga qarshi norozilik chiqishidir. Muxolifat yetakchilari faolning ahvoli yomonlashgani sababli uni ochlikni to‘xtatishga chaqirmoqda.
“Suvaraklar xalq partiyasi”
Norozilik aksiyasini 30 yoshli Abhijit Dipke tomonidan asos solingan Cockroach Janta Party (CJP — “Suvaraklar xalq partiyasi”) tashkil qilmoqda. Bu harakat Instagram tarmog‘ida o‘ta mashhur bo‘lib ketdi. May oyida ochilgan sahifa bir necha kun ichida 22 million obunachi to‘pladi.
CJP o‘zini “tamballar, ishsizlar va doim haq bo‘ladiganlar” vakili deb ataydi. Ushbu guruhning tezda ommalashishi hindistonlik yoshlar o‘rtasidagi norozilik darajasi yuqoriligini ko‘rsatdi. Mamlakatning 1,42 milliardlik aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi.
“U gapirishga ham o‘ta ojiz”
59 yoshli Vangchuk parlament binosi yaqinidagi Jantar Mantar observatoriyasida tashkil etilgan sahnada, matras ustida yotibdi. U Reuters jurnalistlariga gapirishga o‘ta ojizligini imo-ishoralar bilan bildirdi. Faol avvalroq, agar o‘lib qolmasa, uning ochlik aksiyasi 6 haftagacha davom etishi mumkinligini aytgan edi.
CJP bergan ma’lumotga ko‘ra, 14-iyulga kelib Vangchuk 8,5 kilogramm vazn yo‘qotgan.
“Biz Sonamni ochlikni to‘xtatishga ko‘ndirishga harakat qilyapmiz, lekin u qat’iy turibdi. U bizdan 20-iyul kuni parlamentga rejalashtirilgan marshga tayyorgarlik ko‘rishni so‘ramoqda. Nazarimda, hukumat ochlik e’lon qilganlarning o‘lishini istaydi”, deydi Abhijit Dipke.
13-iyul kuni namoyish joyida ochlik e’lon qilgan yoshlardan biri hushidan ketgan va shifoxonaga olib ketilgan. Vazir Pradhan, uning vazirligi va hukumat vakillari bu borada hozircha hech qanday izoh bermadi.
“Uning hayoti butun dunyo uchun bebaho”
Vangchuk o‘z vaqtida mashhur Bollivud filmidagi bosh qahramon obraziga ilhom bergan muhandis va faoldir. Bir qator nufuzli muxolifat yetakchilari uni ochlikni tugatishga chaqirmoqda.
“Uning hayoti butun dunyo uchun bebaho. Chunki u insoniyatga, tabiatga va demokratiyaga bo‘lgan cheksiz sadoqatni o‘zida mujassam etgan”, deb yozdi Uttar Pradesh shtatining sobiq bosh vaziri Ahilesh Yadav X ijtimoiy tarmog‘ida.
Yoshlar nega g‘azabda? Ishsizlik va bekor qilingan imtihonlar
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonda ishsizlik darajasi 2025-yilda 15 yoshdan oshgan aholi orasida 3,1 foizni tashkil etgan. Ammo 15 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida bu ko‘rsatkich qariyb 10 foizga, shaharlarda esa 13,6 foizgacha ko‘tarilgan.
Bundan tashqari, imtihon savollarining internetga sizib ketishi yoshlarning keskin noroz

