Gulira’no Qosimovaning ishdan bo‘shatilishi noqonuniy deb topildi. U ishga tiklanadi
Sud Gulira’no Qosimova da’vosini qanoatlantirib, uni ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqni noqonuniy deb topdi. Sobiq maktab direktori ish joyiga tiklanadi va ishsiz yurgan uch oy uchun ish haqi to‘lanadi. Avvalroq unga hujum qilish bilan bog‘liq ish bo‘yicha tuman IIB ikki sobiq rahbari sudlangandi.

Gulira’no Qosimovaning ishdan bo‘shatilishi noqonuniy deb topildi va u avvalgi ish joyiga tiklanadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudi, Furqat tumani IIB xodimlari tomonidan haqoratlangan va kaltaklangan Gulira’no Qosimovaning ishdan bo‘shatilishini noqonuniy deb belgiladi. U ishga qaytadi va majburiy ishsiz yurgan uch oy davomida ish haqini undirishga qaror qilindi. O‘zbekiston Oliy sudi Qosimovaning murojaatini aks ettirgan videoni e’lon qildi.
Gulira’no Qosimova, ishdan noqonuniy bo‘shatilganini ta’kidlab, sudga murojaat qilgan. Sud uning da’vosini qanoatlantirib, ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqni noqonuniy deb topdi.
“Sud, shuningdek, mening foydamga majburiy ishsiz yurgan davrim uchun uch oylik ish haqini undirish va avvalgi ish joyimga tiklash haqida qaror chiqardi”, — dedi u.
Qosimovaning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida uning sud tizimiga munosabati o‘zgargan.
“Bir yil oldin menda sudga ishonchsizlik hozirgiga nisbatan qaysidir ma’noda bo‘lgan. Lekin hozirgi vaqtda men sudlarga to‘laqonli ishonishimning asl sababi, bu mening boshimdan o‘tkazgan holatlarimdir”, — dedi u.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, shu vaqt ichida unga oid jinoyat ishi, ma’naviy zararni qoplash haqidagi fuqarolik ishi va endi mehnat nizosi sudlarda ko‘rib chiqildi.
“Jinoyat sudi deysizmi yoki ma’naviy zarar bo‘yicha fuqarolik sudi deysizmi, yoki mehnat qonunchiligi bo‘yicha sudlarimizmi — hammasi faqatgina odillik bilan, yakdillik bilan ko‘rib chiqqaniga men shaxsan guvohman”, — dedi Qosimova.
U, shuningdek, ishlarini ko‘rishda ishtirok etgan sudyalar, Oliy sud va Farg‘ona viloyati sudlariga minnatdorlik bildirdi.
Gulira’no Qosimova avval Farg‘ona viloyatidagi maktab direktori bo‘lib ishlagan. Uning aytishicha, mojaro yo‘l-transport hodisasida jabrlangan turmush o‘rtog‘ining operatsiyasi uchun qarz so‘rash maqsadida tuman soliq inspeksiyasi rahbari huzuriga borganidan keyin boshlangan. Shu vaqt xonaga fuqarolik kiyimidagi bir necha tezkor xodim kirib kelgan.
Qosimovaning ta’kidlashicha, IIB xodimlari uni kaltaklagan, yechintirgan va tahqirlagan. Uning fikricha, bu harakatlar tuman soliq inspeksiyasi rahbarini obro‘sizlantirish uchun amalga oshirilgan. Shuningdek, u IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan “ushlanib qolgani” haqidagi xabarda ham bir qator nomuvofiqliklar borligini bildirgan.
Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, IIVning sobiq rahbari (1991−2006-yillar) Zokirjon Almatov bu holatga munosabat bildirib, “Biz o‘zidan ketib qolgan bunday rahbarlarni aslo kechirmaymiz”, — degan edi. Senat avvalroq ushbu ishni nazoratga olgandi.
2025-yil noyabr oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Quvasoy tumani sudi hukmi bilan Furqat tumani IIBning sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Jasur Rasulov to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Ular, shuningdek, uch yil muddatga IIV tizimi va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda lavozim egallash huquqidan mahrum qilingan.
Sud ularni inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish, turar joy daxlsizligini buzish,

