Mahalliy

Gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning yo‘l xarajatlarini qoplab berish taklif qilinmoqda

Bemorlar gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport vositasida borib-kelishi hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi.

Gemodializ muolajasini oladigan bemorlarning yo‘l xarajatlarini qoplash taklifi ilgari surilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rejali gemodializ muolajasini oluvchi bemorlarning tibbiyot muassasasiga borib-kelish bilan bog‘liq yo‘l xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qoplashning yangi mexanizmini joriy etishni taklif qilmoqda.

Ushbu taklifga ko‘ra, bemorlarga gemodializ muolajasiga o‘zlari uchun qulay transport (taksi, shaxsiy avtomobil yoki boshqa transport) vositasida borib-kelish hamda sarflangan yo‘l xarajatlarini belgilangan tartibda qoplab berish imkoniyati yaratiladi.

Ta’kidlanishicha, bu mexanizm bemorlarga vaqt va mablag‘ini tejash, shuningdek, transport vositasini mustaqil tanlash imkonini beradi.

Vazirlik mazkur tashabbusni amalga oshirishdan avval bemorlarning fikr va mulohazalarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazmoqda. So‘rovnoma 15-avgustga qadar davom etadi.

uzbekistanhemodialysishealthcaretravel expensespatient transportministry of healthpatient surveygovernment funding