FIFA kengashi a’zolari Infantino bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazmoqchi
Ular jahon chempionati vaqtida Folarin Baloganning diskvalifikatsiyasi bekor qilinishi bo‘yicha mustaqil tekshiruv o‘tkazilishini talab qilishayotandi. Agarda Infantino mustaqil tekshiruv olib borilishiga ruxsat bermaydigan bo‘lsa, kengashning ayrim a’zolari uning iste’fosini talab qilishi mumkin.

FIFA Kengashi a’zolari Infantinoga nisbatan ortib borayotgan noroziliklar sababli favqulodda yig‘ilish chaqirishni maqsad qilmoqda, deya xabar beradi The Guardian.
Ushbu yig‘ilishni o‘tkazish uchun Kengashning 37 a’zosidan 19 nafari qo‘llab-quvvatlashi lozim. Nashrning ta’kidlashicha, Jahon chempionatining tijorat huquqlaridagi ulushini sotish bo‘yicha mojaro yuzaga kelgunga qadar Infantinodan norozi bo‘lganlar soni o‘ndan ortiq edi.
Ular Jahon chempionati davrida Folarin Baloganning diskvalifikatsiyasi bekor qilinishi yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazilishini talab qilishgan.
Infantinoning Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejasi oshkor bo‘lgach, noroziliklar yanada kuchaydi.
Agar Infantino mustaqil tekshiruv o‘tkazilishiga ruxsat bermasa, Kengashning ayrim a’zolari uning iste’fosini talab qilishi mumkin.
Kengashning navbatdagi yig‘ilishi noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Favqulodda yig‘ilish va Infantinoga ishonchsizlik bildirish bo‘yicha ovoz berish o‘tkazish uchun 43 ta milliy assotsiatsiyaning murojaati talab qilinadi.
Avvalroq UEFA Infantinoning iste’fosini talab qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

