Mahalliy

Farg‘ona va Balx viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Afg‘onistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Mozori Sharif shahrida Balx viloyati hokimi Muhammad Yusuf Vafo bilan uchrashdi.

Farg‘ona va Balx viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) —

Afg‘onistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Mozori Sharif shahrida Balx viloyati hokimi Muhammad Yusuf Vafo bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki hudud o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish hamda hududlararo sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida davlatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani alohida taʼkidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Afg‘oniston bilan barcha sohalarda konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani eʼtirof etildi.

Farg‘ona va Balx viloyati o‘rtasida sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga eʼtibor qaratildi. To‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, sanoat yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Farg‘ona viloyatining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar hamda erkin iqtisodiy zonalar imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Ikki hudud tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes-muloqotlarni faollashtirish va o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmini oshirishga kelishib olindi. Xususan, bu yerda yetishtirilgan mevalar Farg‘ona viloyatiga olib kelinib, ularni chuqur qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida aloqalarni izchil rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida aniq chora-tadbirlar belgilandi.

qishloq xo‘jaligihamkorlikbalxiqtisodiy aloqalaro'zbekiston-afg'onistonfargʻonasavdoinvestitsiya