Iqtisodiyot

Dollarning so‘mga nisbatan kursi 2026-yildagi eng past darajaga tushdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 886 so‘mgacha tushdi. Bu 2025-yil dekabr oyi boshidan beri qayd etilgan eng eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

Dollarning so‘mga nisbatan qiymati 2026-yil uchun eng past ko‘rsatkichga yetdi.

5-avgustdagi savdolar yakuniga ko‘ra, AQSh valyutasi 55 so‘m 49 tiyinga pasayib, 11 886,72 so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yil 3-dekabrdan (11 880,93 so‘m) buyon qayd etilgan eng past qiymatdir.

Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket ikkinchi savdo kunida so‘mga nisbatan pasayib, qariyb 102,7 so‘mga (0,86 foiz) – 11 989 so‘mdan 11 886 so‘mga arzonlashdi. Kun davomida bitta bankda Amerika valyutasini 11 980 so‘mdan, yana 4 ta bankda esa 11 990 so‘mdan sotib olish imkoni bo‘ldi.

So‘mning mustahkamlanishi asosan ichki va O‘zbekistonga xos omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularga eksport daromadlarining o‘sishi, oltin eksportidan tushgan daromadlarning sterilizatsiyasi va migrantlar pul o‘tkazmalari hajmining oshishi kiradi.

uzbekistan economydollar exchange rategold exportsuzbek sumcurrency depreciationexport revenuesmigrant remittancescurrency market