Iqtisodiyot

Deputatlar kapital bozori bo‘yicha yangi qonun qabul qildi

Qonun loyihasi kapital bozorida yangi moliyaviy vositalarni joriy etish va investorlar huquqlari himoyasini kuchaytirishni nazarda

Deputatlar kapital bozori haqidagi yangi qonunni ma’qulladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida "Kapital bozori to‘g‘risida"gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Ta’kidlanishicha, ushbu hujjat kapital bozorini xalqaro me’yorlar asosida rivojlantirish, uning shaffofligini va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, zamonaviy moliyaviy vositalarni joriy etish hamda investorlar huquqlarini himoya qilish tizimini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Loyihada kapital bozorining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ishtirokchilar uchun yanada qulay va ishonchli muhit yaratish hamda mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Qonun loyihasi bilan kapital bozorida bir qator yangi moliyaviy vositalarni joriy etish taklif qilinmoqda. Ular qatorida sukuk, barqaror rivojlanish obligatsiyalari, qoplangan obligatsiyalar hamda sekyuritizatsiyalangan obligatsiyalar mavjud.

Shuningdek, korporativ boshqaruv sifatini oshirish va kompaniyalar tomonidan axborotni oshkor qilish bo‘yicha talablarni kuchaytirish nazarda tutilgan.

Hujjatda kapital bozori infratuzilmasini takomillashtirish, bozor ishtirokchilari faoliyati uchun zamonaviy huquqiy mexanizmlarni shakllantirish ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Qonun loyihasi qabul qilinishi natijasida moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy investitsiya vositalarini joriy etish va investorlar huquqlarini yanada ishonchli himoya qilishga erishish maqsad qilingan.

qonunchilikoliy majlisinvestitsiyalarkapital bozorimoliyaviy vositalarinvestorlar huquqlariiqtisodiyotqonun loyihasi