“Chinor” metro bekati rekonstruksiyadan so‘ng 29-iyuldan yana yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi
Rekonstruksiya sabab vaqtincha yopilgan Toshkent metropolitenining 'Chinor' bekati 29-iyul soat 05:00 dan yo‘lovchilar uchun qayta ochiladi. Metropoliten yangilanish ishlari natijasida bekatning o‘tkazuvchanligi kuniga 15 ming nafardan 35−40 ming nafargacha oshirilganini ta’kidladi.

"Chinor" metro bekati ta'mirdan so'ng 29-iyuldan boshlab yana yo'lovchilarga xizmat ko'rsatadi.
Toshkent metropolitenining "Chinor" metro bekati 13-iyundan boshlab 50 kunga yopilgan edi. Endilikda u belgilangan muddatdan 4 kun avval, ya'ni 29-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab o'z faoliyatini qayta boshlaydi.
Toshkent metropoliteni xabariga ko'ra, rekonstruksiya jarayonida bekatning kirish va chiqish joylari kengaytirilgan. Turniketlar soni 6 tadan 13 taga oshirilgan. Shuningdek, yo'lovchilarga noqulaylik tug'dirgan o'tish yo'laklari qayta loyihalashtirilib, bekatdan bekatga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati yaratilgan.
Metropoliten ma'lumotlariga ko'ra, ta'mirdan oldin kuniga o'rtacha 15 ming yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan bekat endilikda 35-40 ming nafargacha yo'lovchini qabul qilish quvvatiga ega bo'ladi.

