Mahalliy

Chalg‘ituvchi reklama uchun 20 dan ortiq bank va mikromoliya tashkilotlari jazolandi

Raqobat qo‘mitasi ommaviy axborot vositalari, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalar yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, moliyaviy xizmatlar reklamasida qonunchilik talablari muntazam buzilayotganini ma’lum qildi. Qo‘mita axborotiga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida moliyaviy xizmatlarga oid noto‘g‘ri va iste’molchilarni chalg‘ituvchi reklama tarqatgan 20 dan ortiq tijorat...

Chalg‘ituvchi reklama uchun 20 dan ortiq bank va mikromoliya tashkilotlari jazolandi

Raqobat qo‘mitasi ommaviy axborot vositalari, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamalarga oid o‘tkazilgan monitoring natijalari asosida, moliyaviy xizmatlar reklamasida qonunchilik talablarining muntazam ravishda buzilayotganini ma’lum qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan davrda moliyaviy xizmatlarga oid noto‘g‘ri va iste’molchilarni chalg‘ituvchi reklama tarqatgan 20 dan ortiq tijorat banki va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, davlat organi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini doimiy ravishda nazorat qilishni amalga oshirmoqda.

Amaldagi «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq, moliyaviy xizmatlar reklamasi boshqa axborotdan aniq ajralib turishi, iste’molchilar ishonchini suiiste’mol qilmasligi va ularning bilim hamda tajribasi yetishmasligidan foydalanishga qaratilmagan bo‘lishi lozim. Reklamada moliyaviy xizmatga bevosita aloqador bo‘lmagan ma’lumotlar keltirilmasligi va shartnoma tuzishda muhim ahamiyatga ega barcha shartlar to‘liq ochib berilishi shart.

Biroq o‘rganishlar davomida omonat va kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, amal qilish muddati, minimal talablar, qo‘shimcha to‘lovlar, mikroqarz shartlari, vositachilik yoki sug‘urta to‘lovlari kabi muhim ma’lumotlar ayrim reklamalarda umuman berilmagani yoki iste’molchi uchun qiyin bo‘lgan shaklda taqdim etilgani aniqlangan.

Qo‘mita shuni ta’kidladiki, ayrim reklama materiallarida ikki ma’noli iboralardan foydalanish, xizmat shartlarini bo‘rttirib ko‘rsatish yoki boshqa tashkilotlarning nomi va tovar belgilariga tegishli kalit so‘zlardan foydalanish orqali iste’molchilarni chalg‘itish holatlari ham kuzatilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi moliyaviy xizmatlarga oid reklamalarda barcha ma’lumotlar aniq, to‘liq va iste’molchilar uchun oson o‘qiladigan shaklda berilishi zarurligini yana bir bor eslatdi. Shuningdek, noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi reklama aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi davom etishi ta’kidlandi.

Qashqadaryoda kredit va omonatlarni o‘zlashtirgan bankirlar qo‘lga olindi

750 dan ortiq o‘qituvchi sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha Beeline Academy kurslarini tugatdi

Hududlarda katta miqdordagi kreditlarni o‘zlashtirgan bankirlar qo‘lga olindi

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Ispaniya Fransiyaga qarshi o‘yinda nimani isbotladi?

Shavkat Mirziyoyev Qatarga tashrif buyurdi

Qo‘shtepa masalasini Afg‘onistonga siyosiy bosim o‘tkazish orqali hal etib bo‘lmaydi – sobiq elchi

Instagram profilingiz ochiqmi? Meta sizning rasmlaringizdan foydalanyapti!

Avtomobil sanoatida «aqlli» ekranlar davri tugayaptimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi

Eron qaysi davlat rahbarlaridan qasos olmoqchi ekani ochiqlandi

Eron besh davlatdagi AQSh bazalariga hujum qildi: tafsilotlar

Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi

Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi

Baxtiyor Sheraliyevbiolog-ixtiolog / genetik

«Xabar.uz»

moliyaviy xizmatlariste’molchilar huquqlarijarimalarmonitoringtijorat banklariqonunchilikreklamaraqobat qo‘mitasi