BYD o‘zining ilk odamsimon robotlarini namoyish etadi
Mutaxassislar fikricha, kompaniyaning ulkan ishlab chiqarish quvvatlari uni bozorning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylantirishi mumkin.

BYD o‘zining birinchi odamsimon robotlarini taqdim etadi
Dunyodagi yetakchi elektromobil ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan BYD avgust oyida o‘zining ilk odamsimon robotlarini namoyish etishga tayyorlanmoqda. Taqdimot kompaniyaning Di Space ko‘rgazma markazida bo‘lib o‘tadi, unda tashrif buyuruvchilar robotlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Ma’lum qilinishicha, bu shunchaki konseptual modellar emas, balki real vazifalarni bajarishga qodir to‘laqonli robotlardir.
BYD kompaniyasi sun’iy intellekt va odamsimon robotlar yo‘nalishini 2025-yilda o‘rganayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniya ijrochi vitse-prezidenti Stella Lining so‘zlariga ko‘ra, BYD sun’iy intellektni rivojlantirishga sezilarli sarmoya kiritgan.
Ekspertlarning fikricha, kompaniyaning asosiy afzalligi robotlarning o‘zida emas, balki ularni katta miqdorda ishlab chiqarish salohiyatida. Mutaxassislar BYDning ulkan ishlab chiqarish quvvatlari uni bozorning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylantirishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar.
Dastlab, robotlar kompaniyaning o‘z zavodlarida qo‘llaniladi. Ular detallarni tashish, mahsulotlarni yig‘ish, sifat nazoratini amalga oshirish va ichki logistika jarayonlarini avtomatlashtirish kabi vazifalarni bajaradi. Bu esa texnologiyalarni haqiqiy ish sharoitida sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish imkonini beradi.
Agar robotlarning samaradorligi amalda isbotlansa, ularning qo‘llanilish sohasi kengayadi. Kelajakda odamsimon robotlar omborlar, shifoxonalar, mehmonxonalar, savdo markazlari, qurilish sohasi va uy-ro‘zg‘or ishlarida xizmat ko‘rsatishi mumkin.

