“Bellingem sotilmaydi!” Ingliz futbolchisi yozda nega “Real”dan ketmoqchi bo‘lgan?

"Bellingem sotilmaydi!" Angliyalik futbolchi yozda "Real"dan nega ketishni istagan?
Jud Bellingem yozgi transferlar davrida Madridning "Real" klubidan ketishi ehtimoli bor edi. Ammo klub rahbariyati ingliz yarimhimoyachisini har qanday narxda ham sotmasligini va uning daxlsiz ekanligini ta'kidlagan. Bu haqda insayder Pepe Alvares ma'lumot berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, o'tgan mavsum yakunida futbolchining otasi va agenti Mark Bellingem "Real" rahbariyati bilan uchrashib, o'g'lining jamoadan ketishi masalasini muhokama qilgan. Bunga futbolchining maydondagi roli hamda bir qator sport masalalari bo'yicha rahbariyat va murabbiylar shtabi bilan kelisha olmagani sabab bo'lgan. Biroq madridliklarning javobi qat'iy va o'zgarmas bo'lgan: Jud sotilmaydi va u jamoa loyihasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Bellingem 2023-yilning yozida Dortmundning "Borussiya" klubidan 127 million yevro evaziga "qaymoqranglilar" safiga kelib qo'shilgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyunigacha mo'ljallangan. Angliyalik futbolchi shu kungacha "Real" libosida jami 140 ta o'yinda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 33 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

