Iqtisodiyot

Banklar va mikromoliya tashkilotlari o‘z faoliyatini islomiy bank faoliyatiga o‘zgartirishi mumkin bo‘ldi

Adliya vazirligi Mikromoliya tashkiloti va bank faoliyatini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Banklar va mikromoliya tashkilotlariga o‘z faoliyatini islomiy bank faoliyati tamoyillari asosida tashkil etish imkoniyati yaratildi.

Qabul qilingan hujjat kredit tashkilotlarining faoliyatini o‘zgartirish bo‘yicha quyidagi tartib-qoidalarni belgilaydi:

* Mikromoliya tashkilotini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga aylantirish;

* Faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka aylantirish;

* Faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankiga aylantirish;

* Faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya bankini mikromoliya tashkilotiga aylantirish;

* Bankni faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka aylantirish.

Shuni ta’kidlash joizki, o‘z faoliyatini faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankka o‘zgartirish huquqiga faqat islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi mikromoliya banki ega.

Mikromoliya bankini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziya (litsenziyalar) olishda, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasi talab etiladi. Bu xulosa mikromoliya banki binolarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligini tasdiqlashi lozim.

uzbekistanbanking regulationslegal frameworkfinancial institutionslicensingislamic bankingmicrofinance organizationsaccessibility standards