“Arsenal” “Barselona” nishonidagi futbolchini sotib olmoqchi — The Independent

“Arsenal” “Barselona” nishonidagi futbolchini sotib olmoqchi — The Independent

Londonning “Arsenal” klubi “Atletiko” hujumchisi Xulian Alvaresning transferini tezda yakunlashni rejalashtirmoqda. The Independent nashrining ma'lum qilishicha, londonliklar bu kelishuvni jamoaning mavsumoldi yig‘inlari boshlanishidan oldin rasmiylashtirishni maqsad qilgan.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” argentinalik futbolchi uchun 105 million yevro to‘lashga tayyor. Biroq, Madrid klubi forvardni 117 million yevroga baholamoqda. “Arsenal” nomidan muzokaralarni jamoa sport direktori Andrea Berta olib bormoqda, u avval “Atletiko” tizimida ishlagan. Shu sababli, ushbu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Alvaresning o‘zi Ispaniyada qolishga qarshi emas edi. Shuning uchun uning atrofidagi vaziyatni “Barselona” va “Real” klublari diqqat bilan kuzatib bordi. Kataloniyaliklar argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shish uchun bir necha bor takliflar yuborgan, ammo “Atletiko” ichki chempionatdagi raqobatchilarini kuchaytirishni xohlamaydi. Shuning uchun ularning taklifi rad etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda “Atletiko” 26 yoshli argentinalikni “Manchester Siti”dan 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. 2025/2026-yilgi mavsumda hujumchi madridliklar safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etgan.

arsenalatletico madridjulian alvareztransfer newsbarcelonasports negotiationsplayer valuationfootball