Siyosat

Armaniston hukumati tarqatib yuboriladi

Armaniston hukumati tarqatiladi

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan joriy hukumat 2-avgust, yakshanba kuni iste’foga chiqishini ma’lum qildi.

Mahalliy News.am telekanalining xabar berishicha, Nikol Pashinyan yangi Milliy assambleya (parlament) tuzilishi munosabati bilan 2-avgustda iste’foga chiqishini e’lon qilgan.

U 30-iyul kuni bo‘lib o‘tgan majlisda shunday dedi: “Bu bizning amaldagi hukumat bilan so‘nggi yig‘ilishimiz. To‘qqizinchi Milliy assambleya shakllanayotgani sababli, konstitutsiyaga muvofiq, biz iste’foga chiqamiz”.

Qayd etilishicha, hukumat tarqatilgach, mamlakat prezidenti parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi hukmron “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodni bosh vazir etib tayinlaydi.

Ma’lumot uchun, Armanistonda so‘nggi parlament saylovlari 7-iyun kuni bo‘lib o‘tgan edi. 8-iyun kuni Nikol Pashinyan o‘zining “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi g‘alaba qozonganini e’lon qilgan.

Natijalarga ko‘ra, Pashinyanning hukmron partiyasi qariyb 54 foiz ovoz to‘plagan. Milliarder Samvel Karapetyan boshchiligidagi “Kuchli Armaniston” partiyasi 21 foiz ovoz olgan bo‘lsa, sobiq prezident Robert Kocharyan boshchiligidagi “Armaniston ittifoqi” 8,7 foiz ovoz yig‘gan.

armanistonbosh vazirsiyosiy o'zgarishlarnikol pashinyanhukumat iste'fosiparlament saylovlarifuqarolik shartnomasi partiyasimilliy assambleya