Angliyada darvozabonlar simulyatsiyasiga qarshi jazo choralari joriy qilinadi — BBC

Angliyada darvozabonlarning o‘yinni cho‘zish maqsadida jarohatni simulyatsiya qilishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda, deb xabar beradi BBC.
Angliya futbol ligalari yangi qoidani joriy etmoqda: agar darvozabonga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifokorlar maydonga tushsa, jamoaning bir futbolchisi bir daqiqaga maydonni tark etishi shart bo‘ladi.
Murabbiy 10 soniya ichida maydondan chiqadigan o‘yinchini tanlashi kerak; aks holda, avtomatik ravishda jamoa sardori maydondan chiqariladi. BBC ma’lumotlariga ko‘ra, agar darvozabon jiddiy jarohat olgan bo‘lsa (masalan, miya chayqalishi, qon ketishi), bu qoida qo‘llanilmaydi.
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi ushbu tajriba natijalarini ko‘rib chiqadi. Agar ma’qullansa, yangi qoida 2027/2028-yilgi mavsumdan boshlab butun dunyo bo‘ylab joriy etilishi mumkin.
Bu tashabbusga 2025-yil noyabr oyida yuz bergan voqea turtki bo‘lgan. O‘shanda "Lids Yunayted" bosh murabbiyi Daniel Farke "Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarummani ataylab o‘yinni cho‘zishda ayblagan edi. O‘sha o‘yinda "Manchester Siti" Filipp Fodenning qo‘shimcha vaqtdagi goli evaziga "Lids"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan.

