Mahalliy

Al-Jabr xalqaro maktabi Markaziy Osiyo olimpiadasiga mezbonlik qildi

Al-Jabr xalqaro maktabi Markaziy Osiyoning iqtidorli o‘quvchilarini bir maydonga jamladi. Maktabning Sun Life oromgohida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan 300 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. Ular matematika, ingliz tili, IT, mental arifmetika, arab va rus tili fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Al-Jabr xalqaro maktabi Markaziy Osiyo olimpiadasiga mezbonlik qildi.

Al-Jabr xalqaro maktabi Markaziy Osiyoning iqtidorli o‘quvchilarini bir joyga to‘pladi. Maktabning Sun Life oromgohida tashkil etilgan xalqaro olimpiadada O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan jami 300 ga yaqin o‘quvchi qatnashdi. Ular matematika, ingliz tili, IT, mental arifmetika, arab va rus tili fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Al-Jabr xalqaro maktabi direktori Matluba Karaxodjayevaning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim muassasasi o‘quvchilari avvalgi yillarda ham ko‘plab nufuzli xalqaro olimpiadalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelgan. Bu yil esa maktab ilk bor mezbon sifatida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi xalqaro olimpiadani tashkil etdi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu olimpiadaning asosiy maqsadi har bir o‘quvchiga o‘z bilimini sinab ko‘rish, xalqaro tajriba orttirish va oldiga yanada yuksak marralarni qo‘yish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Shuningdek, bu yil olimpiada dasturiga ilk bor IT yo‘nalishi ham kiritildi.

Xalqaro olimpiadalar o‘quvchilar uchun nafaqat bilim bellashuvi, balki xalqaro tajriba almashish maydoni ham hisoblanadi. Bunday musobaqalar ularda mustaqil fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va raqobat muhitida o‘z salohiyatini namoyon etish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, ishtirokchilarga o‘z bilim darajasini turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan taqqoslash imkonini beradi.

Bu yilgi olimpiadaning yana bir muhim jihati shundaki, unda qo‘shni davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekistonning 12 viloyatidan ham o‘quvchilar qatnashdi. Natijada tadbir yuzlab iqtidorli yoshlarni birlashtirgan yirik ta’lim maydoniga aylandi.

Bellashuv jarayonlarini ota-onalar ham bevosita kuzatdilar. Ular farzandlarining bilim saviyasi, masalalarni yechish uslubi, sahnadagi ishonchi va raqobat muhitidagi faolligiga yaqindan guvoh bo‘ldilar. Bu esa o‘quvchilar uchun qo‘shimcha motivatsiya va mas’uliyat hissini yanada oshirdi.

Ushbu olimpiada g‘oliblari uchun navbatdagi muhim bosqich ham belgilangan. Yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar joriy yilning oktyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Al-Jabr xalqaro maktabi o‘quvchilari avvalgi yillarda ham xalqaro olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etib kelgan. Bu safar esa ta’lim muassasasi nafaqat ishtirokchi, balki mezbon sifatida ham yuzlab iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamladi.

Maktabda tashkil etilayotgan bunday xalqaro tadbirlar o‘quvchilarning bilimini sinovdan o‘tkazish bilan birga, ularda sog‘lom raqobat muhitida o‘sish, xalqaro tajriba orttirish va kelgusida yanada yirik yutuqlar sari intilishiga xizmat qilmoqda.

Telefon: +99855 500 8485

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

forms.amocrm.ru/rwrcmtd

Instagram:

instagram.com/al_jabruz/

Telegram:

t.me/aljabrmaktabi

Reklama huquqi asosida

educational-jabr international schoololympiadstudent competitioninternational experienceituzbekistancentral asia