Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi
O‘quvchilar to‘plagan ballari asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi

Akademik litseylarga qabul testlarining yakuniy natijalari ma'lum qilindi.
2026/2027 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining yakuniy natijalari (mandat) e'lon qilindi.
Abituriyentlar o‘zlarining yakuniy natijalarini my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy platformalaridagi shaxsiy kabinetlari orqali tekshirishlari mumkin.
Ma'lum qilinishicha, o‘quvchilar to‘plagan ballari asosida o‘zlari ustuvorlik bergan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadilar.
Shuningdek, belgilangan tartibga ko‘ra, kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz portali orqali shaxsiy kabinetidan elektron shaklda apellyatsiya shikoyati yuborish huquqiga ega.

