5 mlrd so‘mlik daromad: Farg‘onalik tadbirkor tuproqsiz va quyoshsiz yerto‘lada giyohlar yetishtirilmoqda

5 milliard so‘m daromad: Farg‘onalik tadbirkor tuproqsiz va quyosh nursiz yerto‘lada giyohlar yetishtirmoqda
Farg‘onalik tadbirkor an’anaviy bo‘lmagan usulda, ya’ni mutlaqo quyosh nuri tushmaydigan va tuproq ishlatilmaydigan yerto‘lada dori-darmon o‘simliklarini yetishtirishni amalga oshirmoqda.
600 kvadrat metr maydonga ega yerto‘lada hozirda 50 dan ortiq, deyarli 100 ga yaqin turdagi tabiiy mikroko‘katlar va shifobaxsh giyohlar parvarishlanmoqda. Ushbu mahsulotlar restoranlar, xususiy klinikalar, parhezshunoslar (dietologlar) va nutrisiologlar tomonidan eng ko‘p sotib olinadigan dorivor giyohlar qatoriga kiradi.
“Bu loyihaga besh yil bo‘ldi. Hozir shu yerda 50 dan ortiq, deyarli 100 ga yaqin turli ko‘rinishdagi o‘simliklar yetishtirilmoqda. Bular restoranlardan xususiy klinikalargacha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bemorlarga, nutrisiologlar va diyetologlar tomonidan juda sevilib iste’mol qilinadigan mahsulotlardir. Gidroponika texnologiyasining afzalligi — mahsulotning tez tayyor bo‘lishidir. Urug‘larning 70 foizini mahalliylashtirdik, 30 foizini esa Yevropa davlatlari — Belgiya, Polsha, Gollandiyadan olib kelamiz. Hozirgi kunda o‘rtacha ishchilarimiz oyligi 2 milliondan 4 milliongacha. Laboratoriyadagi ishchilar oyligi esa 3 milliondan 5 milliongacha”, deydi tadbirkor Tohir aka.
Ushbu usulda o‘simliklarni parvarishlash an’anaviy usulga nisbatan ancha tez va samarali kechadi. Stellajli (ko‘p qavatli) tizim esa yerdan bir necha barobar tejamkor foydalanish imkonini beradi. Yillik aylanmasi qariyb 5 milliard so‘mni tashkil etayotgan ushbu korxona mahsulotlari nafaqat ichki bozorda, balki qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston respublikalariga ham eksport qilinmoqda. Yetishtirilgan barcha o‘simliklar shu yerda joylashgan maxsus laboratoriya nazoratidan o‘tkazilib, qadoqlanadi va iste’molchilarga tayyor holatda yetkaziladi.

