1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

1-avgustdan boshlab qonunchilikda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?
Norma.uz portali 2026-yil 1-avgustdan boshlab milliy qonunchilikka kiritiladigan asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
*
Suyultirilgan gaz birja savdosining yangi qoidalari joriy etilmoqda.
*
Toshkent shahri va viloyatning ayrim tumanlarida issiqxonalar uchun gaz ta’minotida cheklovlar oʻrnatilmoqda.
*
Biznesdagi barcha tekshiruvlar faqat QR-kod orqali roʻyxatdan oʻtgan holda amalga oshiriladi.
*
"Aqlli" bogʻlarga soliq imtiyozi beriladi.
*
Avtomobilni jarima maydonchasidan QR-kod orqali qaytarish mumkin boʻladi.
*
Baliqchilik xoʻjaliklari uchun yangi imtiyoz va preferensiyalar joriy etilmoqda.
*
Soliqchilarni mijozlarga yoʻnaltirilganlik darajasiga qarab baholash mumkin boʻladi.
*
Karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya nazoratidan oʻtkazishda tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmidan foydalaniladi.
*
Tuman fermerlar kengashlari huzuridagi Hisob va hisobot markazlari yosh fermerlarning buxgalteriya hisobini 2 yil davomida bepul yuritadi.
*
Sanoat xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqida xabar berganlik uchun jarima summasining 20 foizi toʻlanadi.
*
Arxivlar ishi raqamlashtirilmoqda.
*
Eski avtomobillarni topshirish uchun kompensatsiya toʻlanadi.
*
Qarz va omborda saqlash shartnomalarini soliq organlarida hisobga olish majburiy boʻladi.
*
Kamyob hayvonlarni ovlashga vaqtinchalik moratoriy joriy etilmoqda.

